Info

Bizning telegram kanalimiz

@info_dt
ortga
14buHXvRTBoZX_Chf4Yw59mzFk6Fnx9Git5HIf3rBZV8e6_1VCacGlgTwltVIHX8XV_KvlWgM_BcEwxvnKcBUfaQUBtO8ZN35cSDnPPa1R02r2ismUzVOTQkCs0mipQ63sgKmmOZWpIBhREbS4vQxg

Biznes-rejani qanday yozish kerak?

Fevral 2, 2025 - 10:34

Turli sohalardagi tajribali tadbirkorlar biznesni ishga tushirishga qanday tayyorlanish: o’z ǵoyasini va potensial bozorni baholash, biznes-reja tuzish va bu borada endi ish boshlayotgan yangi tadbirkorlar yo’l qo’yadigan odatdagi xatolarga yo’l qo’ymaslikni gapirib beradilar.

Biznes-reja nima va u nima uchun kerak?

Biznes-rejani biznesmenlarga loyihada yo’nalishni belgilab olish, harakatlarning o’ylangan mexanizmlarini yaratish va investorlarni kompaniyaga mablaǵ kiritishga ishontirishda yordam beradigan yo’lnoma deb atash mumkin. Uning yordamida byudjetni rejalashtirish, rivojlanish strategiyasini o’ylab topish va barcha to’sqinliklarni kuzatib turish ancha oson.

Biznes-reja — bu batafsil hujjat bo’lib, unda kompaniyaning maqsadlari va biznes keyingi uch yoki undan ko’p yil mobaynida bu maqsadlarga erishishni qanday rejalashtirayotgani bayon etiladi.

Qanday biznes-rejalar bo’ladi

Biznes-reja tipi uning ichki yoki tashqi maqsadlariga boǵliq, – deydi Master Expert baholash-konsalting kompaniyasining tijorat direktori Ravshan Xalitkariyev:

1. Kompaniyaning ichki maqsadlari uchun, mulk egasi va xodimlar uchun biznes-reja biznes ochish uchun yoziladi. Bunday biznes-reja moliyalashtirish va investisiyalarni jalb qilish uchun tuziladigan biznes-rejadan kuchli farqlanadi.Siz bozorni, raqobatchilarni  o’rganasiz, bundan kelib chiqib maqsad qo’yasiz va batafsil reja, yo’l xaritasini tuzasiz, unda sizga qancha mablaǵ, mutaxassislar kerakligi, qanday qadamlarni amalga oshirish zarurligini yozib ko’rsatasiz.

2. Tashqi foydalanuvchilar — investorlar, moliya institutlari (banklar, lizing kompaniyalari) uchun biznes-reja mablaǵlar nima uchun kerakligi va ulardan siz qanday foydalanishingizni ko’rsatishi zarur. Pul oqimini: foyda qanday bo’lishini, siz qarzdorlikni qanday qoplashingizni ko’rsatish zarur. Qarzni qoplash grafigi kerak: har oylik, har yil choragilik, har yillik.

Tuzilishi: biznes-reja nimadan iborat?

Biznes-reja kompaniyaning turi va loyiha asoschisining ustuvorliklariga boǵliq holda turlicha bo’lishi mumkin.

Buni bizning tadbirkorlarimiz qanday qilishini Growy.Me  O’z-o’zini rivojlantirish uchun avtokouching servisi, Torg.uz (loyiha 2016 yilda sotilganidan so’ng OLX.uz) va MyWay Rivojlanish va kasbga yo’naltirish markazi (biznes 2021 yilda sotilgan) asoschisi Vyacheslav Kan misolida ko’rib chiqamiz:

— Agar loyiha uncha katta bo’lmasa, maslahatchilarni yollash imkoniyati bo’lmasa va biznes va moliya asoslari bo’yicha bilim bo’lsa biznes-rejani mustaqil tuzishga urinib ko’rish mumkin. Hisob-kitoblarda Excel yordam berishi mumkin, asosiysi formulalarni to’ǵri tuzish va kiritiladigan barcha ma’lumotlarni hisobga olish.

O’zingiz uchun tuziladigan bunday biznes-reja unchalik rasmiy bo’lmasligi mumkin, lekin haqiqatga ancha yaqin bo’ladi.

Men, tasavvur yanada aniqroq bo’lishi uchun,  puxta o’ylab ko’rish va yozib olish kerak bo’lgan quyidagi bandlarni ajratib ko’rsatar edim:

• Tavsifi. Ikkita variant qilish mumkin: bittasi go’yoki siz buvingizga biznesning mohiyatini tushuntirayotgandek qisqa va sodda, ikkinchisi esa ancha batafsil bo’lishi kerak. Bu biz yaratishni istayotganimiz qanday mahsulot yoki xizmat ekanligini o’zimiz aniq tushunib olishimiz uchun kerak.

• Missiya, qadriyatlar, tasavvurlar. Umuman olganda, buni tavsiflarga ham kiritish mumkin edi, lekin men uning muhimligini ta’kidlash uchun alohida bandda ajratib ko’rsatayapman.

• Marketing tahlili.

• SWT-tahlil (kuchli va kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xavflar).

• Xarajatlar rejasi (bloklar bo’yicha ajratib ko’rsatish mumkin): ishlab chiqarish, operatsiyalar, marketing, ish haqi xarajatlari.

• Sotuvlar rejasi.

• Prognozlar, mohiyat jihatidan xarajatlar va sotuvlar rejasi qiyoslanganida paydo bo’ladi. Bu yerda zarar ko’rmaslik nuqtasi va o’zini oqlash muddatini chiqarish mumkin. 

Biznes-reja yozamiz: 8 qadam

Master Expert dan Ravshan Xalitkariyev, unga biznes-rejalar yozish va ularni baholashda yordam so’rab ham xususiy kompaniyalar, ham davlat organlari murojaat qiladilar, u shunday algoritmga rioya qilishimizni maslahat beradi:

1. Loyiha va kompaniyani tavsiflash. Masalan, siz sovun ishlab chiqarishni ishga tushirishni xohlaysiz. Bu mahsulot, sovun ishlab chiqarishning tarixi, bozordagi unga ehtiyoj to’ǵrisida qisqacha yozing. Sizning umuman ishlab chiqarish va xususan sovun pishirish sohasida tajribangiz bor-yo’qligini (biznesni sizda ekspertizasi bo’lgan sohada boshlaganingiz ma’qul),   nima uchun aynan bu yo’nalishni tanlaganingizni gapirib bering.

2. Bozorni tahlil qilish (makroiqtisodiy va mikrotahlil). Bu yerda sovun ishlab chiqarish bo’yicha qonunchilikni o’rganish zarur: bu soha O’zbekistonda qanday tartibga solinadi, bu yo’nalishda davlat imtiyozlari bormi? PEST-tahlil o’tkazish — biznesni boshlash uchun siyosiy (Political), iqtisodiy (Economic), ijtimoiy (Social) va texnologik (Technological) tashqi omillarni aniqlash zarur. O’zingizning faoliyat maydoningizni, sovunning qanday turini ishlab chiqarishingizni – kosmetik, bakteriyalarga qarshi, mass-market, qo’lda ishlab chiqariladigan, suyuq sovun va hokazolarni aniqlab olish kerak. Bundan keyin — o’z yo’nalishingizning mikrotahlili. Umumiy bozor hajmi, qancha iste’molchilar mavjudligini bilish. Faoliyat maydonidagi raqobatchilarni o’rganish va bozorda qancha pul aylanayotgani, uning qancha ulushiga davogarlik qilishingiz mumkinligini taxminan bilish. 

3. Sotishlar rejasi. Maqsad qo’yasiz — bozorni tahlil qilishdan kelib chiqib, qanday sotishlar hamjiga umid qilish mumkin.

4. Marketing rejasi. Qanday marketing kanallaridan foydalanishingizni va bunga qancha pul ajratishingizni aniqlab oling.

5. Ishlab chiqarish rejasi. Qancha sovun ishlab chiqarish kerakligini, qanday uskuna va xom ashyo talab etilishini bilish uchun ham bozorni tahlil qilish zarur. O’zbekistonda ko’pincha bozorni tahlil qilmasdan ishlab chiqarishni ishga tushirishadi, sotuvlar yaxshi bo’lmaganda esa buning sabablarini izlay boshlashadi– aslida esa hammasi aksincha qilinadi. Uskuna va xom ashyoni muayyan hajmni mo’ljallab sotib olish zarur.

6. Menejment rejasi. Mulkchilik shaklini, shtat jadvalini, xodimlar sonini (ma’muriy, sotish bo’limida, ishlab chiqarishda, logistikada), biznes-modelni aniqlaysiz.

7. Moliyaviy reja. Uskunaga qancha pul kerak, bino  qancha turadi va qanday xom ashyo kerak, o’rab-joylash uchun nima va qancha kerak bo’ladi, ish haqiga-chi, bularning bari moliyaviy rejada aks etishi kerak.

8. Biznes-rejaning o’zini, risklar (xavflar)ni tahlil qilish.

Kredit olish uchun biznes-reja qanday bo’lishi kerak?

Biznes-rejaga boshqa tomondan qarash va uni banklar qanday baholashini tushunish uchun biz «Kapitalbank» ATB  kichik kreditlash departamenti mutaxassisi Esanov Ruslan bilan suhbatlashdik:

— Biznes-reja shunday tuzilishi kerakki, unda bank loyihaning rivojlanish istiqbollarini va o’zini oqlash muddatlarini, shuningdek qarz oluvchi mablaǵlarning qaytarilishini qanday kafolatlashini ko’rishi kerak. Bankni birinchi navbatda korxona moliyaviy faoliyatining detallari, rejalashtirilayotgan foyda va hokazo qiziqtiradi.

Agar biznes asoschisi quyidagi mezonlarga muvofiq bo’lmasa:

• yaxshi kredit tarixi;

• biznes yuritish uchun barcha huquqni belgilovchi hujjatlar;

• likvidlik taminoti mavjud bo’lmasa bank kredit berishni rad etishi mumkin.

Kreditga ariza qabul qilingan hollarda rad etish foizi juda kichik (1% dan kam) bo’ladi. 

Biznes-reja o’z ichiga quyidagilarni o’z ichiga olishi shart:

• umumiy ma’lumotlar (firma qachon va qayerda tashkil etilgan, ta’sischilar va rahbariyat tarkibi, xodimlar soni);

• potensial qarz oluvchining joriy moliyaviy holati, asosiy moliyaviy ko’rsatkichlari;

• loyihaning tavsifi (umumiy axborot va ishlab chiqarish, sotish, xizmatlar ko’rsatishning batafsil rejasi va buning uchun zarur muddatlar), bozorning marketing tadqiqotlari (darajasi va asosiy raqobatchilar, iste’molchilar) va asosiy xatarlarning tahlili;

• moliyaviy reja (daromadlar va xarajatlar, o’zining va qarzga olinadigan mablaǵlardan iborat bo’lgan talab etiladigan mablaǵlarning hisob-kitobi).

Bir nechta maslahat:

• Matn professional darajada yozilishi zarur, matnni tuzishda e’tiborsizlik, pala-partishlikka yo’l qo’ymang.

• Tushunarli tilda yozing, o’ta maxsus atamalardan foydalanmang.

• Faqat bo’lǵusi loyihani tushunish uchun muhim bo’lgan narsalarni yozing. Matnni ortiqcha axborot bilan to’ldirib yubormang.

• Axborotning tekshirilgan manbalariga tayaning va albatta ularni biznes-rejada ko’rsating. Bozor bo’yicha tasdiqlanmagan va oshirib ko’rsatilgan ma’lumotlardan foydalanmang.

• Hamma vaqt hisob-kitoblarni qayta-qayta tekshirib chiqing (ishlab chiqarish rejasi, moliyaviy va tashkiliy rejalar).

Biznes-reja tuzishda ko’proq qanday xatolarga yo’l qo’yiladi? Nimadan ehtiyot bo’lish kerak?

Ruslan Esanov:

Eng keng tarqalgan xatolar — bu biznes joriy holatining yetarlicha tahlil qilinmasligi, bu loyihaning aniq belgilanmagan maqsadlari va prognoz-moliyaviy hisob-kitoblarning va bozor konyunkturasining noto’ǵri tahlil qilinishi.

Ravshan Xalitkariyev:

—  Eng katta xatolardan biri —O’zbekistonda 99% biznes-rejada bozor tahlili yo’q. Hech kim bu bilan shuǵullanmaydi. Natijada butun biznes-reja noto’ǵri, hisob-kitoblar esa xato bo’ladi.

Ikkinchisi — noto’ǵri tuzilgan sotishlar rejasi. Uchinchisi — moliyaviy hisob-kitoblar. Sizning hisob-kitoblaringiz qanchalik to’ǵri bo’lsa, xavflar ham shunchalik kam bo’ladi. Pandemiya davrida ko’pchilik bu hisobga olinmagan xavf – y’ani umuman pandemiya yuz berishi mumkinligi hisobga olinmaganligi sababli ham kuyib qolishdi.  Banklarda muammoli kreditlar mavjud, chunki sotuvlar rejasi, hisob-kitoblar noto’ǵri qilingan, xatarlar hisobga olinmagan edi.

O’zbek tadbirkorlarining so’zlariga ko’ra, biznesni ishga tushirish oldidagi asosiy xatolar — bu oshirib ko’rsatilgan yuqori daromadlarni kutish va e’tiborsizlik.

Marina Ten, Igmar apart-otel, Kimchi Plate kafesi, Rapiscan servis markazi, Aiko to’qima mebel ishlab chiqarish (biznes 2017 yilda sotilgan) asoschisi:

— Eng tipik xato — kutilishi mumkin bo’lgan daromadlarni oshirib va xarajatlarni esa pasaytirib yuborish. Shuni yodda tutish kerakki, biznes hech qachon aniq biznes-reja bo’yicha rivojlanmaydi, bu  haqiqatda bo’lmaydigan narsa.

Vyacheslav Kan:

— Ko’plab tadbirkorlar, afsuski, biznes-reja tuzishga unchalik mas’uliyat bilan qaramaydilar, ko’pincha biznesni ishga tushirish uchun qancha mablaǵ kerakligini faqat taxminan hisoblaydilar. Mening o’zim ham shunday xatolar qilganman.   Masalan, MyWay ni yaratishda biz missiyamizni, tasavvurlarimizni chuqur ishlab chiqdik, marketing tadqiqotini buyurtirdik, lekin men byudjetlarni rejalashtirishga yetarli e’tibor bermadim. Natijada loyiha ko’proq ijtimoiy bo’lib qoldi.

Biz Growy.Me da biznes-reja tuzdik, tahlil va hisob-kitoblarni qildik, lekin keyin (tez-tez shunday ham bo’lib turadi) tuzatishlar qilishga, reja va prognozlarni yangilashga to’ǵri keldi. Bunga tayyor bo’lish kerak.

Nargiza Ulugova, hamta’sischi va SEO Testo by Zamira, CEO Five Line:

Xatolar— bu norma. Ishlab chiqaruvchilar ko’pincha sotish kanallari, barqaror va yaxshi mablaǵ kiritish — to’ǵri evolyusion o’sish haqida o’ylamaydilar, hamkorlar esa — o’z hamkorliklarining yomon sscenariylarini va biznesga zarar yetkazmay undan chiqish yo’llarini o’ylamaydilar. Odamlar ishlarini boshlashda ko’pincha ancha optimist bo’ladilar va kelajakdagi muvaffaqiyatga juda ishonadilar, axir tadbirkorlar, hech bir so’zsiz, optimistlar va jamiyatning eng pozitiv qismi emasmi?

Pavel Volf, Grand Art Hotels (Toshkent va Samarqanddagi 18 mehmonxona va xostellar tarmoǵi) va vegan (vegetarianlar) Eco Cafe asoschisi va rahbari:

— Odamlarda oshirib ko’rsatishga moyillik mavjud — ular o’z ǵoyalari ishtiyoqi bilan yonadilar, ularga o’ylab topgan ǵoyalari yoqadi, ular buni tezda yuzaga chiqarishni xohlaydilar va o’z bizneslarini yuqori baholab yuboradilar, so’ngra esa juda hafsalalari pir bo’ladi. Ular olishni istagan natijalar – bozor haqiqatda berishi mumkin bo’lgan natijalar emas, ular iqtisodiy hisoblashga asoslanmagan bo’ladi. Eng asosiysi, biznes-reja hayoliy qasrga aylanib qolmasin.

Maqolada Forbes, Inc. va RBK materiallaridan foydalanildi .