Kuchli jamoa tuzishda yo‘l qo‘yiladigan asosiy 2 xato
Loyihaning boshidan turgan inson yoki rahbar daromad olishni istagan ishini jamoasiga ishonib topshiradi. Va jarayonni nazorat qilmay qo‘yadi. Savdo hajmi tushib ketganida yoki loyiha muvaffaqiyat qozonmaganidagina jamoasini so‘roqqa tutib, siquvga oladi. Ammo, bundan endi biror naf chiqishi dargumon. Chunki vaziyat eng oxirgi nuqtaga yaqinlashib qolgan.
Loyihaning boshidan turgan inson yoki rahbar daromad olishni istagan ishini jamoasiga ishonib topshiradi. Va jarayonni nazorat qilmay qo‘yadi. Savdo hajmi tushib ketganida yoki loyiha muvaffaqiyat qozonmaganidagina jamoasini so‘roqqa tutib, siquvga oladi. Ammo, bundan endi biror naf chiqishi dargumon. Chunki vaziyat eng oxirgi nuqtaga yaqinlashib qolgan.
Siz ham yuqorida keltirilgan holatga tushgan bo‘lsangiz yoki tushishni istamasangiz, beradigan tavsiyalarimizga diqqat qiling.
Jamoa rahbari yo‘l qo‘yadigan XATOlar
1. O‘zingizga o‘xshagan odamlardan iborat jamoani tuzgansiz
Har bir inson har xil. Kimnidir kuchli taraflari, kimnidir zaif tomonlari bor. Kimdir g‘oya beradi, kimdir uni zo‘r bajaradi. Kimdir ulgurjiga sotishni uddalasa, boshqa birov esa donalab sotishni yoqtiradi. O‘zingizga o‘xshagan, odamlarni jamlasangiz, jamoa faqat bir tomonlama zo‘r bo‘ladi. Siz g‘oya beruvchisiz deylik, atrofingizda bir talay “kreativchi”larni to‘plasangiz, sizning xayollaringizni kim amalga oshiradi? O‘ylab ko‘ring.
2. Jamoangizda do‘st va qarindoshlaringiz bor
Qarindoshlar orasida sizga va biznesingizga kerakli bilim va salohiyatlisini topish qiyin. Eng muhimi esa ulardan hammaga qo‘llaydigan tartib-intizomni so‘rash juda qiyin. Ular so‘raganingiz bilan amal qilmaydi, qarindoshingiz bo‘lmagan jamoangiz a’zolar ham ulardan o‘rnak oladi. Qattiq gapirsangiz, “hammani birdek ko‘ring” degan gapni eshitish mumkin (agar xodimingiz o‘ziga erkinlikni ep bilsa).
Kembridj universiteti bitiruvchisi, psixologiya fanlari nomzodi Buyuk Britaniyalik Raymond Belbin “Jamoasidagi rollar” nazariyasi va modelini yaratgan. Unga ko‘ra har bir jamoada turli xil rollarni bajaradigan ishtirokchi bo‘lishi shart.
Sizning jamoangizda kimlar bo‘lishi zarur?
Boshqaruvchi
Jamoada har kim o‘z ishini bajarishi, vazifalar o‘z vaqtida amalga oshirilishi, ichki muhitning sog‘lom ekanligini nazorat qiladigan boshqaruvchi bo‘lishi lozim. U mas’uliyatli, ishiga sodiq, loyihaning amalga oshishidan ham ma’nan va ham moliyaviy foyda ko‘radigan inson bo‘lishi lozim. Ish tartibi nazoratda bo‘lishi uchun sizga boshqaruvchilikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadigan jamoa a’zosi zarur.
Kuzatuvchi
Yo‘q, u jamoaning ichidagi shpion bo‘lmaydi. U raqobatchilarni va biznes uchun foydali resurslarni kuzatadi. Va trendga chiqqan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot to‘playdi. Jahondagi vaziyat, mahalliy holat, moliya bozoridagi o‘zgarishlar vaqtida kompaniya “nima qilishini bilmay qolmas”ligi uchun aynan shu xodim javobgar bo‘ladi.
Bajaruvchi
Jamoadagi barcha ishlarni o‘z vaqtida va yuqori darajada amalga oshirilishi uchun jon kuydiradi. Ba’zan tadbirkorlik faoliyatida yoqimsiz vaziyat yoki fors-major holatlar yuzaga kelib turadi. Ana shunda jamoada buyurilgan, belgilangan har qanday ishni to‘laqonli amalga oshiradigan ishonchli odam bo‘lishi shart.
Yo‘lga soluvchi
Mantiqan fikrlaydigan, o‘ylab ish ko‘radigan jamoa a’zosi. U jamoa har bir ishga kirishganida foyda va zararni hisobga olishni, har bir qarorni o‘ylab qabul qilishga undab turadi.
Motivator
Ayrim hollarda ish boshlab qo‘yib, yarmiga kelganda ishtiyoq, qiziqish so‘nib qoladi. Motivator esa uyqusirab, dangasalik qila boshlagan jamoa a’zolarini yana ilhomlantiradi. Ishni yangi ishtiyoq bilan davom ettirilib, tugatilishiga erishadi.
Birlashtiruvchi
Jamoaning bir tan-u jon bo‘lib ishlashini yoqtiradigan inson. U jamoa a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lsa, tezda hammani yarashtirishga kirishadi. Jamoa bo‘lib dam olish, ovqatlanish va turli xil tadbirlarni amalga oshirishda boshchilik qilishni zo‘r uddalaydi. Ishoning, bunday kollektivistlar jamoaga har bir a’zoni bog‘lab qo‘yadi. Va xodimlaringiz sizni jamoangizda ketishi qiyin bo‘ladi, ularda sizga sodiqlikni his qilishadi.
Kreativchi
Bu xodim g‘oyalar xazinasi bo‘ladi va biznesni gurkiratadigan ajoyib hamda noodatiy fikrlarni bera oladi. Unga ishonch bildirsangiz, siz biror bir yangilik bilan ajralib turadigan biznes egasi bo‘lishingiz mumkin