Info

Bizning telegram kanalimiz

@info_dt
ortga
14buHXvRTBoZX_Chf4Yw59mzFk6Fnx9Git5HIf3rBZV8e6_1VCacGlgTwltVIHX8SC0cLVjQChmfkSQ2XYdCHVqxJt-nQyxmRAS8AqyjVfQTTOwCJ2JSbeCoMKgU2NlXtuFMwavRmDw7N4gA0sahNA

Jamoa yoki rahbarga qanday qilib o’z fikringizni to’g’ri uqtirishingiz kerak? Jamoada ishlash uchun kerak bo’ladigan asosiy qoidalar

Iyul 4, 2025 - 08:20

Agar xodim rahbari bilan biror mavzu to'g'risida suhbatlashsa va o'z nuqtai nazari orqali bahs-munozara qilsa, avvalo uni professional tilda ifodalashi va loyihaning tijorat foydasini namoyish qilishi kerak. Shu holda rahbar albatta bu masalada u kutgandek javob berishi mumkin. Mobodo u rozi bo'lmasa, demak suhbat davomida bir qancha xatolarga yo’l qo’yilgan bo’ladi.

Ushbu maqolamizda menejerga o’z g’oyasini qanday to’g’ri yetkazish va u bilan suhbatda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida suhbatlashamiz.

Agar siz uzoq vaqtdan beri u yerda ishlayotgan bo'lsangiz, e’tiroz bildirishingiz mumkin

Siz kompaniyaga yangi kelgan bo'lsangiz, o'zingizning pozitsiyangizni himoya qilishingiz qiyin bo'ladi. Buning uchun sizga kamida yaxshigina obro' kerak. Muhim suhbatni biroz vaqtga chetga surib qo'yish, vaziyatdagi eng oqilona qadamdir. Har holda yangi kadr o’zgarishlar haqida o’ylashga hali haqli emas, degan tushunchaga amal qilishadi.

Agar kelishmovchiliklar paydo bo'lsa, tashvishlanmang.

Biror vaziyat yoki mavzu bo'yicha qarashlar har xil bo’lishi normaldir. Har doim rahbarlaringiz bilan o'zaro munosabatlaringiz yaxshi bo’lsa, sizning fikringiz hech kimga unchalik qiziq emasligini yoki o'zingiz buni ifoda etmaslikka harakat qilayotganingizni ko'rsatadi. Bir masalada fikringiz har xil bo’lishi – bu sizni dushman ekanligingizni bildirmaydi.

O'zingizning sabablaringizni dalillar bilan qo'llab-quvvatlang

Agar sizga biror narsa yoqmasa yoki fikr bildirish kerak, deb o'ylasangiz –unda siz rahbarlaringiz bilan suhbatga jiddiy tayyorgarlik ko'rishingiz kerak. Dalillarni topish va nuqtai nazaringizni oqlash, ayniqsa muammolar va tushunmovchiliklar bo'lishi mumkinligini oldindan bilishingiz juda muhimdir. Ana o’sha sabablarni aniqlab, aniq faktlarni qayd etib oling. O’shanda suhbat davomida so’zingiz aniq va ishonarli bo’ladi.

Ayb qidirmang, shaxsiy adovatga berilmang

"Uning o’zi ahmoq" va shunga o'xshash narsalar bahsda dalil emas. Bundan tashqari, e’tiboringizni o'z vazifalarini yomon bajaradigan ishchilarga qaratmasligingiz kerak. Rahbar bilan suhbatning maqsadi sof professionaldir, shuning uchun boshqalarni “sudrab” ketmang, aks holda jamoa sizga qarshi bo’lib qoladi. Va hech qachon hech kimga shafqatsiz munosabatda bo'lmang – doimo xushmuomalalikni saqlang.

Menejeringizning dalillarini tinglang

Har qanday tortishuvda, qarama-qarshi tomonni tinglashingiz kerak, ayniqsa u tomon rahbariyat bo'lsa. Eshitgandan so'ng, uning pozitsiyasidagi zaif tomonlarga ishora qiling – bu sizni nimani eshitishni xohlashingizga yordam beradi.

Jamoatchilik muhokamasidan qoching

Mobodo shunday qilmoqchi bo’lsangiz menejerni u bilan jamoada gaplashmoqchi ekanligingizni ogohlantiring. Agar biron-bir tarzda uning obro'sini yo'qotishga harakat qilsangiz, hech bir xo'jayinga bu yoqmaydi. Keyinchalik buni bee’tibor qoldirmasligi aniq.

UMUMAN MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR

Hammasi izdan chiqib ketmasligi yoki to’g’ri kommunikatsiyani boy berishni xohlamasangiz – nima bo’lishidan qat’iy nazar siz quyidagilarni qila ko’rmang:

1. O’z vazifalaringizni o’zingiz belgilamang:

buni qilishim kerak, buni emas... Shu holatda siz o’z ishingizni yo’qotishingiz mumkin.

2. Juda ham emotsiyaga berilib tushuntirmang.

 Tuyg'ularning kuchayishi miyaning o'ng yarim sharini zo’riqtiradi va mantiq uchun javob beradigan chap tomonni sekinlashadi. Hissiylik, odam mantiqiy fikrlashga qodir emasligini anglatadi.

3. Qaror qabul qilish uchun javobgarlikni rahbarga yuklang.

 "Men nima qilishim kerak?" deb so'ramang, chunki sizga: "Axir siz mutaxassisiz, siz o’ylashingiz kerak”, - deb javob beriladi. Agar xato qilishdan qo'rqsangiz, boshqacha harakat qilib ko'ring. Masalan, "Men sizdan maslahat so'ramoqchiman" – deyishingiz mumkin

4. Xatolaringizni yashirmang. Sir baribir oshkor bo'ladi. Ko'pgina xo'jayinlar bu borada qattiqqo’llik qiladi.

5. Menejer sizga qichqirganida kamtarlik bilan jim bo'ling va bardosh bering.

To’g’ri, rahbarning bu harakati har doim ham asosli bo’lmaydi. Biroq bu holat sizni qutqarolmaydi ham

6. Ish haqini juda past, deb to’g’ridan-to’g’ri gapirmang. 

Ushbu masalani umumiy yig'ilishlarda sekingina ko'taring. Agar siz shartnoma tuzgan bo'lsangiz, mukofot haqida so'rashingiz mumkin. Muvaffaqiyatli bitimlar takrorlanadigan bo'lsa, siz maoshni oshirishni so'rashingiz mumkin. Hammasini bosqichma-bosqich bajaring.

Eng muhimi, sabrli bo'ling. Ehtimol, kollektiv sizni darhol yaxshi kutib olmaydi. Umidsizlikka tushmang, bu ham yaxshi. O'z jamoangiz va menejerga katta qaror qabul qilishga vaqt bering. Vaziyat o'zgarmasligini ko'rsangiz, yana 1-2 ta asosli urinishlarni amalga oshirishingiz mumkin. Agar bu yordam bermagan bo'lsa, unda siz hamma narsani boshidan boshlashingiz yoki aksincha – umuman e’tibor bermasligingiz kerak.