Info

Bizning telegram kanalimiz

@info_dt
ortga
14buHXvRTBoZX_Chf4Yw59mzFk6Fnx9Git5HIf3rBZV8e6_1VCacGlgTwltVIHX8SC0cLVjQChmfkSQ2XYdCHRBeupliZSXLmaVhvxMBSyWl41zI6mpTqr5ZTpCSpwhJ4GV5wtx14Hndq8_WYKWnKg

Nega nazorat va tahlil kerak? Eʼtiborsiz qoldirib boʻlmaydigan detallar

Yanvar 31, 2026 - 09:53

Statistikaga koʻra, kichik biznes uch yil “yashaydi” va bundan uzoq “yashashi” kamdan-kam kuzatiladi. Aniqroq aytganda, yuztadan uchtasigina uzoqroq umr koʻrishi mumkin, qolganlari esa yopilib ketadi. Asosiy sabab – norentabellik. Bu biznesda hammasi joyida boʻlishi uchun jarayonni nazorat qilib, yangi koʻrsatkichlarni kuzatib borish ayni zaruratdir.

Statistikaga koʻra, kichik biznes uch yil “yashaydi” va bundan uzoq “yashashi” kamdan-kam kuzatiladi. Aniqroq aytganda, yuztadan uchtasigina uzoqroq umr koʻrishi mumkin, qolganlari esa yopilib ketadi. Asosiy sabab – norentabellik. Bu biznesda hammasi joyida boʻlishi uchun jarayonni nazorat qilib, yangi koʻrsatkichlarni kuzatib borish ayni zaruratdir.

Pul

Biznes — bu pul. Aniqrogʻi, u olib kelayotgan pul miqdori muhim. Shuning uchun rentabellikni kuzatish kerak. Murakkablik shundaki, moliyaviy koʻrsatkichlar koʻp: ROI, ROA, ROE, P&L, EBITDA. Barini hisoblash mushkul. Biroq bir qator koʻrsatkichlarni nazorat qilish lozim.

1. EBITDA

EBITDA biznesingiz soliq, kredit boʻyicha toʻlovlar va investitsion xarajatlar (uskuna, taʼmirlash, xodimlarni oʻqitish)ni hisobga olmaganda qancha pul keltirishini koʻrsatadi. Xuddi bu xarajatlar mavjud boʻlmagandek.

Agar EBITDA ijobiy boʻlsa, biznes ishlaydi. Hatto qarzingiz boʻlsa ham biznes baribir pul olib keladi, muammolarni esa hal qilsa boʻladi. Agar koʻrsatkich nolga teng boʻlsa yoki minusga qarab ketsa, kompaniya zararga ishlamoqda va zarur choralarni koʻrish kerak.

EBITDA dinamikasini kuzatish va koʻrsatkichni oshirishga harakat qilish kerak: xarajatlarni qisqartirish, foyda va daromadni oshirish, koʻproq mijozlarni jalb etish.

2. Alternativ xarajatlar

Ular mablagʻni qay darajada samarali boshqarganingizni koʻrsatadi: plyusda qoldingizmi yoki minusga ketdingizmi?

3.Oʻrta chek, konversiya, chekdagi birliklar soni

Bu maʼlumotlar har qanday savdo nuqtasidagi jarayonni koʻrsatadi. Biznes muvaffaqiyatli rivojlanmoqdami? U qanday ishlayotganini oʻrganing. Koʻrsatkichni oshirib, daromadini koʻpaytirish mumkin.

Chekdagi birliklar soni – bir mijoz oʻrtacha qancha mahsulot sotib olayotganini koʻrsatadi. Agar koʻrsatkich birga teng boʻlsa, qoʻshimcha savdolar bilan ishlang: xodimlar uchun treninglar oʻtkazing, mahsulotlar joylashuvini oʻzgartiring.

Konversiyani kuzating – qancha odam qoʻshni qahvaxonaga ketmasdan, sizga buyurtma berdi. Oydan-oygacha koʻrsatkichlarni taqqoslang va natijalarni tahlil qiling.

4. Mavsumiylik va “qora kun”ga moliyaviy yostiq

Daromad oydan-oyga qanday oʻzgarishini kuzating va savdolar kam boʻlgan vaqtda ijara haqini toʻlash, maosh berish uchun pul jamgʻarib qoʻying. Xavfsizlik yostigʻini shakllantirsangiz, yana-da yaxshi. Zaxira fondi boʻlmasa, biznesni yoʻqotish ehtimoli ortadi: yoki uni yopish, yoki qarzga botib qolish mumkin.

5. Xarajatlar

Ular operatsion va investitsion boʻladi. Investitsion — bu uskuna, xodimlar uchun forma, taʼmirlash. Operatsion – ijara, xarid, jamoa uchun maosh. Operatsion xarajatlarni bilish va rejalashtirish lozim. Aks holda minusga kirasiz va qarz ola boshlaysiz.

6. Reklama kampaniyasi ROIʼsi

Koʻplab tadbirkorlar hech qanday maʼlumotlarga asoslanmay, reklamaga pul sarflashadi. Katta mablagʻ xarajat qilinadi, biroq natija boʻlmaydi. Buni chetlab oʻtish uchun kompaniya ROIʼsini kuzatishi va mos keluvchi maydonchalarga joylashtirishi kerak. ROI — bu investitsiyalarning oʻzini oʻzi oqlashi. Ular har bir sarflangan bir soʻm qancha daromad keltirayotganini koʻrsatadi.

Mijozlar

7. Mijozlar keladigan joy

Odamlar siz haqingizda qayerdan maʼlumot olishganini kuzating. Bu sizga reklamaning aynan qaysi turiga pul sarflash kerakligini koʻrsatadi.

8. Mijozlarning ijtimoiy tarmoqlardagi fikri

Agar ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda salbiy fikr bildirishayotgan boʻlsa, demak, biznesingiz obroʻsini yoʻqotmoqda. Shuning uchun mijozlarning shikoyatlariga tez va toʻgʻri javob bering.

Hamkorlar va raqobatchilar

9. Yetkazib beruvchilar

Yetkazib beruvchilarni nazorat qiling: ular barini oʻz vaqtida, sifatli bajarishyaptimi? Doimiy ravishda yangi yetkazib beruvchilar va manfaatli shartlarni izlash kerak.

10. Raqobatchilar

Biznes bir maromda davom etishi uchun raqobatchilarni kuzatish lozim. Ular qanday faoliyat yuritayotgani va mijozlarni olib ketmayotganini tushunish muhim. Bu foydali: raqobatchilar tajribasidan oʻrnak olish, koʻzga yaqqol tashlanadigan xatolarini takrorlamaslik kerak.

Xodimlar

11. Xodimlarning layoqati

Biznesingiz qoʻl ostingizda ishlaydigan odamlarga bogʻliq. Bar ishchisi qahva tayyorlashni bilishi va mijozlar bilan xushmuomala boʻlishi, savdolar boʻyicha menejer – ishontira olishi, maʼmur – mijozlar bilan muloqot qila olishi lozim. Shuning uchun xodimlarga oʻrgatish va ularni nazorat qilish muhim.

Mijoz buyurtma berishi uchun qoʻlingizdan kelganini qildingiz, biroq u xodimingiz layoqatsizligi va qoʻpolligi sabab raqobatchingizga ketsa, juda achinarli boʻladi.

12. Xodimlarning bandligi

Xodimlar tez-tez almashmasligi uchun ularni haddan tashqari ishga koʻmib tashlash yaramaydi. Koʻpincha mana bunday boʻladi: xodim qanchalik malakali boʻlsa, shunchalik ishi koʻp boʻlgan holatlar kuzatiladi. Baʼzida bu ishlarni oʻzga xodimlar orasida taqsimlash ham mumkin. Natijada eng qimmatli xodimlar juda koʻp ishlaydi va ishdan boʻshaydi. Qolganlarning ish bilan bandlik darajasi yuqori emas va professional koʻnikmalarini ham yaxshilamaydi.

13. Vakolatlarni taqsimlash

Biznesda bari oʻz joyida, biznes-jarayonlar yoʻlga qoʻyilgan: xodimlar oʻz majburiyatlarini biladi, bari soat kabi, reja boʻyicha ishlaydi. Bunday tizimni yoʻlga qoʻyish – tadbirkorning asosiy vazifasi.

Agar haftasiga 60 soatdan ishlab, nima uchun hech nimaga ulgurmayotganingizni tushunmasangiz, majburiyatlarni xodimlarga bering va tizimni toʻgʻrilang. Qoʻlda boshqaruv rejimida ishlash – yaxshi fikr emas. Taʼtilga borolmaysiz, tunda telefonni oʻchirolmaysiz, natijada nevroz kasalligiga duchor boʻlasiz.

Qonunchilik

14. Qonundagi oʻzgarishlar

Biznesingiz qaysi mamlakatda boʻlmasin, u yerdagi qonunlarga rioya etish kerak. Ular koʻp, doim oʻzgaradi va qoʻshimchalar qoʻshiladi. Biroq qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Shuning uchun oʻzgarishlarni kuzating va qonun talablariga rioya qiling.

Biznes – murakkab, biroq real amalga oshirsa boʻladigan ish. Agar u toʻgʻri tashkil qilinsa, hech bir zararlarsiz rivojlanib borishi mumkin. Bunda eng muhimi, shuki, jarayonni oʻz oqimiga tashlab qoʻymaslik va asosiy koʻrsatkichlarni nazorat qilish.