O'zbekistondagi tadbirkorlik subyekti (kompaniya)turlari va farqlari. Tadbirkorlik subyektining tashkiliy-huquqiy shakllarini tashkil qilish.
O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun Jismoniy shaxslar va Yuridik shaxslar uchun tadbirkorlik subyektining tashkiliy-huquqiy shakllari mavjud bo'lib uni tashkil qilishni ko'rib chiqamiz.
JISMONIY SHAXSLAR UCHUN
1.Yakka tartibdagi tadbirkor
Xususiy tadbirkor xodimlarni yollashni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatida nazarda tutilgan faoliyatning amalga oshiriladigan turiga bog‘liq holda ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq bir nafardan uch nafargacha miqdorda amalga oshirishga haqlidir. Bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qat’i nazar, uch nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimlarni yollash huquqiga ega.
Xususiy tadbirkor xodimlarning qonunchilikda belgilangan mehnat huquqlariga rioya etilishini ta’minlashi shart.
Davlat xizmatini ko'rsatuvchi davlat muassasasi yoki boshqa mas'ul tashkilot:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
1) Tadbirkorlik subyetlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza.
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 707-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2011 yildagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 6-son qarori.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2017 yildagi “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 66-son qarori.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun:
To'lov quyidagicha olinadi:
a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida
To'lov amalga oshirish turi:
Bank yoki kassa orqali
To'lov tizimlari orqali
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda
Arizani ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha arizachiga quyidagilar beriladi:
а) Ijobiy hal etilganda:
Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyekti davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma (elektron pochta yoki pochta orqali)
b) davlat xizmati ko'rsatish rad etilganda:Davlat ro'yxatidan o'tkazishga asoslantirilgan raddiya (elektron pochta yoki pochta orqali).
2.Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik
Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir.
Davlat xizmatini ko'rsatuvchi davlat muassasasi yoki boshqa mas'ul tashkilot:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Foydalanuvchilar
Jismoniy shaxs
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
1) Tadbirkorlik subyetlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari:
O`zbekiston Respublikasining 26.04.2012 yildagi “Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida”gi O`RQ-327-son Qonuni.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 66-son qarori.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun:
To'lov quyidagicha olinadi:a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida
To'lov amalga oshirish turi:
Bank yoki kassa orqali
To'lov tizimlari orqali
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda
Arizani ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha arizachiga quyidagilar beriladi:
а) Ijobiy hal etilganda: Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyekti davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma (elektron pochta yoki pochta orqali)
b) davlat xizmati ko'rsatish rad etilganda:Davlat ro'yxatidan o'tkazishga asoslantirilgan raddiya (elektron pochta yoki pochta orqali).
3.Hunarmandchilik faoliyati
hunarmandchilik faoliyati (hunarmandchilik) — yuridik shaxs bo‘lmagan jismoniy shaxslarning hunarmandchilik buyumlari yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyati;hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalanishga asoslangan an’anaviy texnologiyalar asosida buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs;
hunarmandning shogirdi — 15 yoshdan oshgan, hunarmanddan hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni o‘rganayotgan jismoniy shaxs.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Foydalanuvchilar
Jismoniy shaxs
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
1) Tadbirkorlik subyetlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari:
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.07.2009 yildagi “Yuridik shaxs tashkil etmasdan Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kеngaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 216-son qarori.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 66-son qarori.
To'lov quyidagicha olinadi:
a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida
To'lov amalga oshirish turi:
Bank yoki kassa orqali
To'lov tizimlari orqali
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda
Arizani ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha arizachiga quyidagilar beriladi:
а) Ijobiy hal etilganda:
Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyekti davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma (elektron pochta yoki pochta orqali)
b) davlat xizmati ko'rsatish rad etilganda:Davlat ro'yxatidan o'tkazishga asoslantirilgan raddiya (elektron pochta yoki pochta orqali).
4.Tijoriy faoliyat uchun belgilangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida ilgari davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lmasdan tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2004 yil 1 noyabrgacha bo‘lgan muddatda yashash joyidagi tumanlar (shaharlar)ning Davlat soliq inspeksiyalarida qayta ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Davlat xizmatini ko'rsatuvchi davlat muassasasi yoki boshqa mas'ul tashkilot:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Foydalanuvchilar
Jismoniy shaxs
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
1) Tadbirkorlik subyetlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari
O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 66-son qarori.
To'lov quyidagicha olinadi:
a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida
To'lov amalga oshirish turi:
Bank yoki kassa orqali
To'lov tizimlari orqali
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda
Arizani ko'rib chiqish yakunlari bo'yicha arizachiga quyidagilar beriladi:
а) Ijobiy hal etilganda:
Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyekti davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma (elektron pochta yoki pochta orqali)
b) davlat xizmati ko'rsatish rad etilganda:Davlat ro'yxatidan o'tkazishga asoslantirilgan raddiya (elektron pochta yoki pochta orqali).
YURIDIK SHAXSLAR UCHUN
1.Xususiy korxona
Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir.Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Ushbu davlat xizmati iste'molchilari:
Jismoniy shaxs;
Yuridik shaxs.
Foydalanuvchilar
Yuridik shaxs
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
Xususiy korxona ustavi;
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari:
O'zbekiston Respublikasi "XUSUSIY KORXONA TO'G'RISIDA"gi Qonuni
Davlat xizmatidan foydalanish uchun to'lov quyidagicha undiriladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - bazaviy xisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - bazaviy xisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida.
To'lov amalga oshirish turi:
Bank kassalari orqali;
To'lov tizimlari orqali.
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda.
Barcha ma'lumotlarni tekshirgach, arizachiga beriladigan natija:
a) Ijobiy natijaga qaror qilinsa:
Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilganligi haqida guvohnoma (Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA);
Elektron ko'rinishda hosil bo'lgan guvohnoma o'z navbatida ushbu ma'lumotlar "tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestriga" kiritiladi;
b) ushbu davlat xizmatini bekor qilinganda:
Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilmaganligi haqida asosli bekor qilish ma'lumoti. (elektron yoki pochta orqali).
2.Oilaviy korxona
Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga asoslanadi.
Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikda
gi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir.
Davlat xizmatini ko'rsatuvchi davlat muassasasi yoki boshqa mas'ul tashkilot:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Потребители государственной услуги
Jismoniy shaxslar;
Davlat hizmatidan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
1) Yuridik shaxs bo'lgan oilaviy korxonani davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
2) Yuridik shaxs bo'lgan oilaviy korxonaning ta'sis shartnomasi;
Hizmatdan foydalanishning huquqiy asoslari:
O'zbekiston Respublikasining "OILAVIY KORXONA TO'G'RISIDA" gi Qonuni
Davlat xizmatidan foydalanish uchun:
To'lov quyidagicha olinadi: a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - Eng kam oylik ish haqining 1 barobari miqdorida davlat boji;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - Eng kam oylik ish haqining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida
To'lov amalga oshirish turi:
Bank yoki kassa orqali
To'lov tizimlari orqali
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda
Barcha ma'lumotlarni tekshirgach, arizachiga beriladigan natija:
a) Ijobiy natijaga qaror qilinsa: 1) Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilganligi haqida guvohnoma (elektron yoki pochta orqali);
b) ushbu davlat xizmatini bekor qilinganda: 1) Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilmaganligi haqida asosli bekor qilish ma'lumoti. (elektron yoki pochta orqali).
3.Mas'uliyati cheklangan jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) taʼsis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga boʻlingan xoʻjalik jamiyati masʼuliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi.
Roʻyxatdan oʻtish usullari:
mustaqil ravishda Tizim orqali;
davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelgan holda.
Ushbu davlat xizmati isteʼmolchilari:
Yuridik shaxs;
Jismoniy shaxs.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyhatidan oʻtkazish uchun ariza;
Tadbirkorlik subyekti ustavi;
Taʼsis shartnomasi.
Xizmat koʻrsatishning huquqiy asoslari:
Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlari va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” gi Qonuni.
Toʻlov quyidagi tarzda undiriladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza oʻzi kelgan holda taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza Internet tarmogʻi orqali (onlayn) taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji.
Toʻlov tartibi:
Ariza shakillantirish jarayonida yaratilgan toʻlov topshiriqnomasi.
Toʻlovni amalga oshirish turi:
Bank kassalari orqali;
Toʻlov tizimlari orqali.
Toʻlov miqdorining huquqiy asosi:
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisidagi” Qonuni.
Xizmat koʻrsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda.
Ijobiy natijaga qaror qilinsa:
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyhatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma (elektron koʻrinishda hosil boʻlgan guvohnoma oʻz navbatida ushbu maʼlumotlar “tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestriga” kiritiladi).
Ushbu davlat xizmatini bekor qilinganda:
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyhatidan oʻtkazilmaganligi haqida asosli bekor qilish maʼlumoti. (elektron yoki pochta orqali).
4.Fermer xo‘jaligi
Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektdir.Fermer xo‘jaligining boshlig‘i shu xo‘jalikning o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qishloq xo‘jaligida tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir.
Davlat xizmatini ko'rsatadigan davlat muassasasi:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Ushbu davlat xizmati iste'molchilari:
Jismoniy shaxs.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
Ta'sis shartnomasi;
Tadbirkorlik subyekti ustavi;
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari:
O'zbekiston Respublikasi "Fermer xo'jaligi to'g'risida" gi Qonuni
Davlat xizmatidan foydalanish uchun to'lov quyidagicha undiriladi:
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - bazaviy xisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - bazaviy xisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida.
To'lov amalga oshirish turi:
Bank yoki kassa orqali;
To'lov tizimlari orqali.
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda.
Barcha ma'lumotlarni tekshirgach, arizachiga beriladigan natija:
a) Ijobiy natijaga qaror qilinsa:
Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilganligi haqida guvohnoma (elektron yoki pochta orqali);
b) ushbu davlat xizmatini bekor qilinganda:
Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilmaganligi haqida asosli bekor qilish ma'lumoti. (elektron yoki pochta orqali).
5.Ishlab chiqarish kooperativi
Yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, jamoa mulki huquqi asosida o‘ziga qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt kooperativ hisoblanadi. Yer va boshqa tabiiy boyliklar kooperativlarga foydalanish uchun beriladi.Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish-matlubot kooperativlarining faoliyati, o‘z a’zolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) bo‘yicha ishlayotgan kishilarning o‘z mehnatlari bilan shaxsan ishtirok etishiga asoslanadi.Matlubot kooperativlari hamda o‘z a’zolarining o‘y-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlar faoliyati o‘z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish bilan bo‘lmasligi ham mumkin.
Davlat xizmatini ko'rsatuvchi davlat muassasasi yoki boshqa mas'ul tashkilot:
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari.
Ushbu davlat xizmati iste'molchilari:
Jismoniy shaxs;
Yuridik shaxs.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
1) Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
2) Ta'sis shartnomasi;
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari:
O'zbekiston Respublikasi "XO‘JALIK SHIRKATLARI TO‘G‘RISIDA"gi QONUNI
Davlat xizmatidan foydalanish uchun quyidagicha to'lov undiriladi:
a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zi kelgan holda taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Internet tarmog‘i orqali taqdim etilganda - Bazaviy hisoblash miqdorining 0,9 barobari miqdorida davlat boji;
To'lov tartibi:
Arizani topshirish vaqtida;
To'lov amalga oshirish turi:
Bank yoki kassa orqali;
To'lov tizimlari orqali.
Hizmat ko'rsatish davomiyligi:
Real vaqt rejimida - 30 daqiqadan oshmagan holda.
Barcha ma'lumotlarni tekshirgach, arizachiga beriladigan natija:
a) Ijobiy natijaga qaror qilinsa:
1) Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilganligi haqida guvohnoma (elektron yoki pochta orqali);
b) ushbu davlat xizmatini bekor qilinganda:
1) Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik subyektini davlat ro'yhatidan o'tkazilmaganligi haqida asosli bekor qilish ma'lumoti. (elektron yoki pochta orqali).
6.Komandit shirkat
Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar (to‘liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar doirasida javobgar bo‘ladigan hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo‘shuvchi, kommanditchi) mavjud bo‘lsa, bunday shirkat kommandit shirkat deb hisoblanadi.
Davlat xizmatini ko'rsatuvchi davlat muassasasi yoki boshqa mas'ul tashkilot:
Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari negizida tashkil etilgan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo'yicha yagona darcha markazlari.
Ushbu davlat xizmati iste'molchilari:
Jismoniy shaxslar;
Yuridik shaxslar;
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun arizachi quyidagilarni taqdim etadi:
Tadbirkorlik subyetlarini davlat ro'yhatidan o'tkazish uchun ariza;
Ta'sis shartnomasi;
Xizmat ko'rsatishning huquqiy asoslari
O'zbekiston Respublikasi "XO'JALIK SHIRKATLARI TO'G'RISIDA" gi Qonuni